Fantaziya (musiqa)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fantaziya (musiqada) — badiha uslubidagi janr; muayyan kompozitsion qoliplarga bogʻlanmagan (koʻpincha cholgʻu) musiqa asarlaridan iborat. 16— 17-asrlarda improvizatsiya namunalari asosida yuzaga kelgan. 18-asrda klavir va organ uchun (ayniqsa, turkumli asarlarda muqaddima koʻrinishida) F.lar keng rivoj topdi (I.S. va K.F.E. Baxlar, V. A. Motsart va boshqalar). Romantik kompozitorlar F.ga alohida ahamiyat berib, unda turli (jumladan, turkum va sonata) shakl va janr xususiyatlarini mujassam etgan (F. Shubert, F. Shopen, R. Shuman). 19-asrdan koʻp F.lar xalq kuylari yoki biror kompozitor asarlari mavzulariga asoslanadi (F. List, N. RimskiyKorsakov va boshqalar). Shuningdek, muayyan mavzuli, simfonik F.lar ham uchraydi (M.Musorgskiy, R. Raxmaninov, P. Chaykovskiy va boshqalar). Oʻzbekiston kompozitorlaridan S. Yudakov, B. Giyenko, S. Karimhoji, A. Latifzoda va boshqa turli F.lar yaratishgan.