Fan komiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fan komiteti, Oʻzbekiston Xalq Komissarlari Kengashi huzuridagi fan komiteti — 1930-yillarda Oʻzbekistonda fan shtabi vazifasini bajargan ilmiy tashkilot. 1932-yil oktabrda Oʻzbekiston MIK xuzurida tashkil etilgan. Uning tarkibida geol. va mineral resurslar guruhi hamda kabineti, gidrogeol. va muhandislik geol.si, energstiklar, agrooʻrmonmelioratsiya guruhlari, oʻsimliklar resurslari guruhi va kabineti, xaritagrafiya boʻlimi hamda guruhlar qoshida tuproqshunoslik, gidrologiya va boshqa sektorlar boʻlgan. Fan komiteti zimmasiga zarur lab. va intlar tashkil etish hamda ularni jihozlash, ilmiy kadrlar tayyorlash vazifasi yuklatilgan. 1934-yil 1-iyundan Oʻzbekiston XKS ixtiyoriga oʻtkazilgan. 1935-yil Fan komiteti tizimida 12 ilmiy tadqiqot muassasasi, 2 kutubxona va jurnal tahririyati boʻlgan. Shu yili tarkibida yangi boʻlim, guruh, lab. va sektorlar tashkil etildi. Ularning faoliyati xalq xoʻjaligining ayrim sohalari uchun amaliy ahamiyatga ega boʻlgan ilmiy masalalarni hal etishga qaratildi. Respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganuvchi boʻlimning tashkil toggishi ham Fan komiteti faoliyatida katta rol oʻynadi. 1937-yil Fan komiteti tarkibida tibbiyot va fizikamat., ijtimoiy, texnika fanlari boʻlimlari tuzidsi; boʻlim sifatida nashriyot ham tashkil etildi. Fan komiteti faoliyatida kimyo, fizika, mat., gidroenergetika, geol., adabiyot va til fanlari yetakchi ilmiy yoʻnalishga aylandi. Fan komiteti muassasalari Oʻzbekiston oʻsimlik va hayvonot dunyosi, tuproq va yer geol.si, yer yuzasi va yer osti suvlari energetika resurslarini oʻrganish va ulardan foydalanish yoʻllari, mineral yoqilgi zaxiralari, neft qatlamlari va boshqa boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Ijtimoiy fan sohalari — Oʻzbekiston iqtisodiyoti, oʻzbek tili va adabiyoti, moddiy madaniyat yodgorliklarini oʻrganish va muhofaza qilish boʻyicha tadqiqotlar avjoldi. 1938-yil Fan komiteti ning muassasalarida 83 ilmiy xodim, jumladan, 7 fan doktori va 5 professor ishladi. Fan komitetiga turli davrlarda Otajon Hoshim, T.N.QoriNiyoziy, I.I.Islomov rahbarlik qilgan. Fan komiteti negizida 1940-yil yanvarda SSSR Fanlar akademiyasining Oʻzbekiston filiali, 1943-yil noyabrda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tashkil topdi.