Fales Miletlik
Fales Miletlik | |
---|---|
Tavalludi | mil. avv. 625 |
Vafoti | 540 до н. э. |
Otasi | Examyas |
Onasi | khadija amal |
Fales Miletlik (qadimgi yunoncha: Θαλῆς ὁ Μιλήσιος; miloddan avvalgi taxminan 625 — taxminan 547) — yunon faylasufi, antik falsafa va fanning ilk namoyandasi. Milet maktabiga asos solgan. Fales savdogar, siyosiy arbob, munajjim, fiziolog, suv muhandisi sifatida ham taniqli edi. U koʻpgina mamlakatlar (jumladan, Misr va Bobil)da boʻlib, ularning madaniyati, fani, falsafiy merosi bilan yaqindan tanishgan. Turli sohalarda, xususan, astronomiyada kashfiyotlar qildi (mas, Yunonistonda 1boʻlib Quyoshning miloddan avvalgi 585 yilda tutilishini oldindan aytib bergan). Falesning fikricha, Oyning yorugʻi Quyosh nurining undagi inʼikosidir. U, shuningdek, Quyoshning 1 yil davomida harakati 365 kunga teng ekanligini isbotlagan. Fales taʼlimotiga koʻra, tabiatdagi turlituman narsa va hodisalar dastlabki ibtido — suvdan paydo boʻlgan va pirovardida suvga aylanadi. U 1boʻlib, olamning moddiy birligi haqida, bu moddiy birlikning doimiy harakatda va oʻzgarishda ekanligini aytgan.
Fales asarlari saklanmagan. U hakdagi maʼlumotni Aristotel asarlaridan topish mumkin. Jumladan, Fales "Quyoshning harakati haqida" "Teng kunlik haqida" kitoblarini yozganligi maʼlum.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- Vikipediya:Intervikisiz maqolalar
- Chala maqolalar
- Qadimgi Yunoniston asronomiklari
- Qadimgi Yunoniston matematiklari
- Qadimgi Yunoniston metafiziklari
- Qadimgi Yunoniston fiziklari
- Qadimgi Miletliklar
- Epistemologlar
- Falsafiy anʼanalarning asoschilari
- Fikrlar tarixi
- Falsafa tarixi
- Fan tarixi
- Metafaylasuflar
- Metafiziklar
- Metafizika yozuvchilari
- Ontologlar
- Qadimgi Ioniya faylasuflari
- Taʼlim faylasuflari
- Matematika faylasuflari
- Fan faylasuflari
- Suqrotgacha boʻlgan faylasuflar
- Yunonistonning yetti donosi