Fakultativ kurs

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fakultativ kurs, ixtiyoriy kurs — oliy oʻquv yurtlari talabalari va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari oʻquvchilari uchun nazariy bilimlarni kengaytirish hamda chuqurlashtirish maqsadida oʻtiladigan majburiy boʻlmagan mashgʻulot turi. Fakultativ kurslar fan, texnika va madaniyatning eng yangi muammolari, shuningdek, biror oʻquv fanini oʻrganish davomida talaba (oʻquvchi)larni qiziqtirib qolgan mavzu yoki boʻlim yuzasidan tashkil etiladi. Tavsiya etilayotgan Fakultativ kurslarning taxminiy roʻyxati, odatda, oʻquv rejalarida aks etadi. Oliy oʻquv yurtlarining ilmiy kengashlari hamda oʻrta maxsus oʻquv yurtlari pedagogik kengashlari talaba (oʻquvchi)lar qiziqishlari hamda mintaqaviy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda Fakultativ kurslarni tashkil etish huquqiga egadirlar. Fakultativ kurs praktikum, seminar, lab. mashgʻuloti singari shakllarda ham uyushtirilishi mumkin. Oʻrta maxsus taʼlim tizimida Fakultativ kurslarni oʻtish uchun oliy maktab va i.t. muassasalari xodimlari, shuningdek, xalq xoʻjaligi va madaniyat tarmoklari mutaxassislari jalb etiladi.