Faeton (urugʻ)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Faeton (Phaethon) — kurakoyoqli qushlar turkumi urugʻi. 3 turi maʼlum. Tanasi 30—45 sm, ogʻirligi 0,9—1,4 kg. Pati nim pushti, qora xollari bor. Dumi juda uzun. Oyogʻi qisqa, nozik boʻlgani uchun quruqlikda qiyinchilik bilan yuradi. Yomon suzadi, biroq yaxshi uchadi. F. monogam. 6—12 tadan guruh boʻlib yashaydi. Suv havzalarining xilvat orollaridagi tik qoyalarga uya yasaydi.

Bitta tuxum qoʻyadi; nari hamda modasi 41—45 kun navbat bilan bosadi. F. Hind, Atlantika va Tinch okeanlarning tropik qismida tarqalgan. Baliklar, kalmarlar, qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi.