F.W.de Klerk
F.W.de Klerk | |
---|---|
Tavalludi |
1936-yil 18-mart |
Vafoti |
2021-yil 11-noyabr Fresnaye, JAR |
Fuqaroligi | JAR |
Otasi | Johannes de Klerk |
Onasi | Corrie Coetzer |
Frederik Willem de Klerk — (1936-yil 18-mart, Johannesburg, Janubiy Afrika - 2021-yil 11-noyabr, Fresnay, Cape Town, Janubiy Afrika) Janubiy Afrika Respublikasining prezidenti, siyosatchi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klerk 1958-yilda Potchefstroom universitetini tamomlagan. 1973-yilda Potchefstroom universitetining professori bo`ldi. 1978-yildan boshlab vazirlar kabinetida bir qator lavozimlarni, jumladan ichki ishlar vaziri lavozimini ham egallagan. 1982-yilda Klerk Milliy partiyaning bo`lim rahbari bo`lgan. 1984-yilda mahalliy boshqaruv ishlari va milliy ta`lim bo`yicha vazir, 1989-1994-yillarda JAR prezidenti, 1994-1996-yillarda JAR prezidentining o`rinbosari kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan. 1989-yildan boshlab Natsionalistlar partiyasining yetakchisi bo`lgan. 1993-yilda Nobel tinchlik mukofoti laurenti deb e`tirof etilgan.
Siyosiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1989-yilning sentyabridagi saylovlarda o`z partiyasi uchun g`alaba qozongan. 1990-yilning fevralida Afrika Milliy Kongressi (AMK) muxolifat harakatidan taqiqni olib tashlagan va uning amaldagi yetakchisi Nelson Mandelani qamoqdan ozod etgan. 1991-yilda irqiy kamsitish harakteriga ega bo`lgan hamma qonunlarni bekor qilgan. 1989-yilda partiya yetakchisi lavozimida va 1989-yilning avgustida davlat prezidenti lavozimida faoliyatini davom ettirgan. 1991-yilning dekabrida AMK bilan muzokaralarga kirishgan va 1992-yilning martida oq tanli aholining umummilliy referendumi unga oq tanli ozchilikning hukmronligini tugatuvchi asosiy konstitutsion islohotlar o`tkazish bo`yicha rejalarni amalga oshirishni davom ettirish uchun aniq vakolatlar bergan. 1994-yilning fevralida Klrek va Nelson Mandela ko`p millatli saylovdan keyin milliy birdamlik hukumatini tashkil etish haqida kelishuvga erishishgan.
1991-yili guruhlarga ajratish, aholini ro`yxatdan o`tkazish va jamoat xavfsizligi haqidagi kamsituvchi qonunlar bekor qilingan. 1990-yilda Klerk va Nelson Mandela yangi konstitutsiya haqida konsultatsiyalar boshlashgan va 1991-yilning dekabrida uni tayyorlash uchun konferensiya chaqirganlar. Klerk 1992-yilning apreilda Nigeriyaga tashrif buyurgan birinchi Janubiy Afrikalik oq tanli hisoblangan. 1994-yilda Janubiy Afrika Respublikasidagi birinchi demokratik saylovda AMK g`alaba qozongan. Milliy partiya 21 foiz ovoz olgan. Klerk prezidentning ikkinchi o`rinbosai etib saylangan. 1996-yilning iyunida u iste`foga chiqqan. 1997-yilning avgustida esa Milliy partiya boshlig`i lavozimini tark etishini hamda siyosatni tark etishini e`lon qilgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klerk 2021-yil 11-noyabrda 85 yoshida saraton kasalligi sababli vafot etgan.