Eyforiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Eyforiya (yun. — yaxshi, — qabul qilaman) — oʻz-oʻzidan quvonish, dimogʻchogʻlik. Atrof-muhit va oʻzining ogʻir holatiga mos tushmagan holda bemor kayfiyatining koʻtarilib ketishi. Bosh miyaning turli organik kasalliklari (oʻsmalar, avj oluvchi falaj) da, spirtli ichimliklar ichganda, giyohvand moddalar qabul qilganda va boshqalar da kuzatiladi. E.da bemor begʻam, betashvish, xursand, shu bilan birga kamgap, kam harakat bo'ladi, bir joyda jilmayib yotaveradi. Eyforiya ateroskleroz, epilepsiya va boshqalar koʻpgina ruhiy kasalliklarning belgisi tarzida ham namoyon bo'ladi.