Eyfel Aleksandr Gyustav

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eyfel Aleksandr Gyustav (1832.15.12, Dijon 1923.28.12, Parij) — fransuz quruvchimuhandisi. Parijdagi Sanʼat va hunarmandchilik markaziy maktabini tugatgan (1855). Metall konstruksiyalardan foydalanib, koʻpriklar, viaduk va boshqalar inshootlarni loyihalagan va oʻzi boshchiligida qurdirgan [mas, Portuda (Portugaliya) Doru daryosiga qurilgan koʻprik, Bordo, Tarabi, Budapesht vokzalidagi koʻpriklar]. Panama kanali qurilishida faol ishtirok etgan. Uning loyihasi boʻyicha asosan metalldan qurilgan Eyfel minorasi uni jahonga mashhur qiddi. E. 1900 yildan asosan aerodinamika boʻyicha tadqiqot ishlari bilan shugʻullangan.