Evribiontlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Evribiontlar (yun evri keng va ʼbiont— yashayotgan) — atrof muhit omillarining keng miqyosda oʻzgarishi sharoitida yashay oladigan hayvonlar yoki oʻsimliklar. Mas, kontinental iqlimda yashaydigan koʻpchilik quruqlik hayvonlari harorat, namlik, quyosh radiatsiyasining ancha oʻzgarib turishiga chidamli. Sohil yaqinida yashovchi organizmlarga namlik, harorat va koʻpincha shoʻrlanishning oʻzgarishi taʼsir etadi Evribiontlik organizmlarning muhit omillarining oʻzgarishiga chidamligi yoki ular ichki muhiti doimiyligi (gomeostaz)ni boshqarib turuvchi maxsus morfofiziologik mexanizmlarning boʻlishi bilan bogʻliq. Mas, poykiloterm hayvonlar haroratning ancha keng miqyosda oʻzgarishiga chidamli, lekin haroratning faqat muayyan chegarasida faol hayot kechiradi. E. stenobiontlarta nisbatan keng arealta ega.