Even tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Even tili, lamut tili — tungusmanjur tillaridan biri; Rossiya Federatsiyasining Saxa Respublikasi, Magadan viloyati, Chukot va Koryak muxtor okruglari, Kamchatka viloyati va Xabarov oʻlkasida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 17 ming kishidan ortiq (oʻtgan asrning oxirlari). Even tili sharqiy, gʻarbiy va oʻrta lahja guruhlariga boʻlinadi. Ular orasida qadimiy belgilarni saqlab qolgan arman lahjasi alohida oʻrin egallaydi. Bu belgilar ushbu lahjani evenk tili bilan yaqinlashtiradi va u baʼzi adabiyotlarda alohida tungusmanjur tili sifatida qayd etiladi.

Sharqiy lahjaga mansub ol shevasi adabiy tilning asosi hisoblanadi. Yozuvi 1931-yildan lotin grafikasi asosida, 1936-yildan esa rus grafikasi asosida shakllangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Even tili" OʻzME. E-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil