Kontent qismiga oʻtish

Eve tili

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Eve tili — niger-kongo tillari oilasiga mansub kva tillaridan biri; Gana Respublikasining janubi-gʻarbida, Togo va Benin respublikalarining janubida, shuningdek, Nigeriyada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 3,7 mln. kishidan ortiq (oʻtgan asrning oxirlari). Bir qancha lahjalari boʻlib, ular 3 guruhga ajraladi: gʻarbiy guruh — anlo (avuna) va boshqalar "ichki" lahjalar; markaziy guruh — uati, adya, gen; sharqiy guruh — gun (alada) fon, maxi. Fon va uati lahjalarida soʻzlashuvchilar koʻpchilikni tashkil etadi. Lotin grafikasiga asoslangan yozuvi XIX asr oxiridan mavjud. Eve tilida, xususan, anlo, gen va gun lahjalarida asosan diniy, maʼrifiy va oʻquv adabiyotlari nashr etiladi[1].

  1. "Eve tili" OʻzME. E-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil