Etnogeografiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Etnogeografiya (etno... va geografiya) — etnografiyaning bir boʻlimi. Yer shari, alohida mamlakatlar va ularning tumanlari aholisining tarkibi va joylashishini oʻrganadi. Shuningdek, E. qadimgi va hozirgi etnik birliklarnit joylashishini tekshiradi. E.ga etnik xaritagrafiya va etnik demografiya kiradi. E. antropologiya bilan ham yaqindan aloqada. E. antropogeografiyaning turli maktablaridan farq qilib, etnik birliklar (mas, xalqlar, etnik guruhlar) oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar va tarixiy rejadagi geografik muhit, tabiiygeografik omillar taʼsiri va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning yetakchi rolini oʻrganadi. E. oldida turgan muhim muammolar etnik xaritalar tuzish metodikasi, etnik jarayonda — yirik millatlarning umumlashuvida ayrim kichik xalklarning assimilyatsiyasi va migratsiyasining taʼsiri va shahrik. muhim masalalarni hal etishdan iborat.