Etanolaminlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Etanolaminlar — rangsiz, aminlarga xos hidli, qovushoq gigroskopik suyuqliklar. Monoetanolamin (2aminoetanol, etanolamin, kolamin), dietanolamin (iminodietanol) va trietanolamin (nitriltrietanol) farkdanadi. E. suv bilan cheksiz miqdorda aralashadi. Etanol, benzol, xloroformda yaxshi eriydi, geptanda oz eriydi. Aminlar va spirtlarning xossalarini namoyon qiladi.

Monoetanolamin (NOSN2SN2TMN2)ning mol.m. 61,08, suyuqlanish temperaturasi 10,6°, qaynash temperaturasi 171°, zichligi 1016 kg/m3. Dietanolamin (N0SN2SN2)2N4 ning mol.m. 105,14, suyuqlanish temperaturasi 27,8°, qaynash temperaturasi 270°, zichligi 1097 kg/m3. Tr i e t a n o l a m i n (NOSN2SN2)^ ning mol.m. 149,19, suyuqlanish temperaturasi 21,2°, qaynash temperaturasi 360°, zichligi 1124 kg/m3.

E. — kuchsiz asoslar; mineral va kuchli organik kislotalar bilan tuzlar beradi. E. sanoatda etilenoksidnn suv ishtirokida 90—130° va 7—YUMPa bosim ostida suyuq fazali ammonoliz qilish yoʻli bilan olinadi. Etilenoksid ammiak nisbati 1:15 boʻlganda reaksiya mahsuloti sifatida 78,3% mono, 16% di va 4,4% trietanolamin hosil boʻladi. Bu jarayonda etilenoksid konversiyasi 100% boʻlib, suv, mono, di va trietanolaminlar reaktifikatsiyalash usuli bilan ajratib olinadi. Lab. sharoitida E. ammiakni oksietillash, etilenxlorgidrinni aminlash, metilensiangidrinni gidrogenlash yoʻli bilan sintez qilinadi. E. adsorbent sifatida, emulgatorlar ishlab chiqarishda, dispergatorlar, koʻpik, yuvuvchi va tozalovchi vositalar, shampunlar, sirt faol moddalarni barqarorlashtiruvchi modda sifatida qoʻllanadi.

Monoetanolamin etilendiamin, Mvinilpirrolidin va boshqalarni organik sintezlashda, dietanolamin — plastifikatorlar, korroziya ingibitorlari va boshqalar olishda ishlatiladi.

Zikrilla Isaboyev.