Etalon gektar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Etalon gektar, shartli etalon gektar — etalon sharoitlarda 1 ga yerni haydashga muvofiq keladigan traktor ishlari hajmi. Etalon sharoitlari: solishtirma qarshilik — 0,5 kg/sm2, agregat harakat tezligi — 5 km/soat, haydash chuqurligi — 20— 22 sm, agrofon — oʻrtacha qattiqlikka ega boʻlgan tuproqdagi gʻalla ekinlari angʻizi; tuproq namligi 20—22% gacha, relyefi tekis (nishabi Ggacha), uchastka toʻgʻri burchak shaklida, dala uz. — 800 m, dengiz sathidan balandligi 800 m, tosh va toʻsiqlar yoʻq. E.g .larda traktor bilan bajarilgan shartli ish hajmi quyidagicha hisoblanadi. E.g . yordamida turli markadagi traktorlarda bajarilgan ish hajmini yagona ekvivalentga keltirish va biron ekin turi yoki xoʻjalik, tuman va h.k. darajasida mexanizatsiyalashtiriladigan ishlarning umumiy hajmini belgilash mumkin. Bunday hisobkitoblar, ayniqsa, xoʻjaliklarda texnika qarovi va taʼmirini rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega.