Estroz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Estroz — qoʻylarning burun hamda peshona boʻshliqlarida parazitlik qiluvchi Oye51paaye oilasiga mansub Oyezttzsh OU18 soʻnasi qoʻzgʻatadigan invazion kasallik. Qoʻychilik rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Urgʻochi soʻna bahor va yoz oylarida qoʻylarning burun boʻshligʻiga 6—12 tadan lichinka qoʻyadi. 1bosqich lichinka burun boʻshligʻi va panjarasimon suyak shilliq qavatida, 2 va 3bosqich lichinkalar esa peshona va shox oʻsimtasi boʻshligʻida rivojlanadi, natijada shilliq qavat shikastlanib, yalliglanish va nekroz paydo boʻladi. E. bilan kasallangan qoʻylarda burundan qon aralash serozliyiringli suyuqlik oqadi, nafas olishi qiyinlashadi, ayrim hollarda hayvonlarda harakat muvozanati buzilib, bir tomonga aylanish (aylanchiq) holati kuzatiladi. Kasallik manbi E. bilan kasallangan qoʻylar. Tashxis kasallangan hayvonlarni yorib koʻrish, shuningdek, epizootologik, klinik hamda bakteriologik tekshirish natijalariga asosan qoʻyiladi.

Davosi: qoʻylarning burun boʻshligʻi va peshona, shox oʻsimtasi boʻshligʻiga tarkibida ivermektin moddasi boʻlgan preparatlar va insektoakaritsid vositalari yuboriladi.

Oldini olish: qoʻra va qoʻtonlar, yonatrofdagi maydonlar tozalanadi, goʻng va tezaklar yoqiladi, molxonalarga va hayvonlarga soʻnalarning uchish davrida va undan keyin insektoakaritsid moddalar bilan ishlov beriladi.