Eskudo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eskudo (ispancha va portugalcha — aynan gerb) — 1) Portugaliyada 15-asrdan (vazni 4,6 g), Ispaniyada 16-asr dan (vazni 3,42 g) va Lotin Amerikasining bir qancha mamlakatlarida muomalada boʻlgan oltin tanga. E. kumushdan ham zarb qilingan; 2) Portugaliya pul birligi. 1 E=100 sentavo. Xalqaro ifodasi RTE. Valyuta kurslari boʻyicha 1 AQSH dollari = 217,6 E. (2000-yil). 2002-yil 1-yanvardan Yevropa Ittifoqi tarkibidagi mamlakatlar yagona pul birligi — yevrota oʻtishi bilan 2002-yil 30-iyundan muomaladan toʻxtatildi.