Eskiyer suv ombori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eskiyer suv ombori — Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumanida qurilgan suv ombori. 1978-yilda ishga tushirilgan. Toʻliq hajmi 18,5 mln.m3. Gʻirvonsoy va Namangansoy suvlarini quzqish mavsumida toʻplaydi. Toʻgʻonining balandligi 23 m. Maksimal suv chiqarish imkoniyati 10 m³/sek. Chortoq, Yangiqoʻrgʻon, Namangan tumanlaridagi yerlarni sugʻorishda foydalaniladi.