Eski kermen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eski kermen — Qrimdagi oʻrta asr gʻor shahri xarobasi; Stolovaya togʻining tik yon bagʻrida, Boqchasaroyst 18 km jan.gʻarbda joylashgan. Shahar 5-asr oxiri — 6-asr boshida barpo etilgan. Qazishmalar (1928—37, rahbari N.I.Repnikov) natijasida E.K.Vizantiya tomonidan Xerson (Xersones)ga boradigan yoʻlda qurilgan muhim qalʼa boʻlganligi aniqlangan. Shahar qalin mudofaa devori bilan oʻralgan; qoya oʻyilib, yer osti suv ombori (hovuz) qilingan, undan qamal paytida foydalanishgan. 6-asrda xristian bazilikasi bunyod ztilgan. 8-asr oxirida shahar xazarlar tomonidan vayron etilganligi taxmin qilinadi. 11-asrda u qayta tiklangan. 12-asr da Feodoro knyazligi tarkibiga kirgan. 12—13-asrlarda shahar ravnaqtopgan (12-asrda Uspenskiy cherkovi qurilgan). Shahar turar joylari zich joylashgan. Koʻchalar, koʻplab tosh uylar, qoyaga oʻyib ishlangan xoʻjalik inshootlari, molxona va boshqalar qoldiqlar topilgan. Aholi dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo bilan shugʻullangan. 1229-yil shahar moʻgʻullar tomonidan vayron etilib, undagi hayot tugagan.