Eshvoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"ESHVOY" — Xorazm doston noma (kuy)lari asosida yaratilgan kuy va ashulalar nomi. 18-asrda yashagan mashhur shovotlik Eshvoy baxshi nomiga nisbatan berilgan: "E."ning dastlabki namunasi — "Doston E."ni baxshining oʻzi yaratgan. "E." yoʻllari Xorazm maqomlaridagm Iroq Naqshlariga hamohang boʻlib, ular oʻzbek hamda turkman va qoraqalpoq xalqlari orasida ommalashgan: mas, Eshvoy baxshining shogirdi Suyav baxshi yaratgan "Turkman E.i", dutor uchun bastalangan "E. Urganjiy" va boshqalar "E."ning Kurd kuyi ohanglari asosida yaratilgan "Kurd E.i" ashulasi Oʻzbekistonning barcha hududlarida mashhur. Toʻychi hofiz bastalagan "Fargʻonacha E."ning ashula yoʻli Toshkent va Fargʻona vodiysida tarqalgan boʻlib, oldin xorazmcha ufar usulida, keyinchalik taronalar usulida ijro etilgan. Ayniqsa, uning Muhiddin Qoriyoqubov, Jamolqori Gʻiyosov (oʻz hamnafaslari bilan) ijro talqinlari ommalashgan. "Fargʻonacha E."ning kuy yoʻli yirik shakldagi asaridir.

Mazkur kuyni Sh. Mirzayev Lutfiy gʻazaliga bogʻlab yangi variantini bastalagan (M. Yoʻlchiyeva ijrosida mashhur).

Botir Matyoqubov.