Kontent qismiga oʻtish

Eshoni Pir koʻchasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eshoni Pir koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Kim sharafiga nomlangan Muhammad Amin

Eshoni Pir koʻchasi – Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Koʻcha Muhammad Amin nomi bilan bogʻliq. Eshoni Pir koʻchasida matolarga rang beruvchilar, pilla savdosi bilan shugʻullanuvchilar istiqomat qilgan. „Eshoni Pir“ taxallusi XVI asr yashagan mashhur shayx Maxdumi Aʼzamning avlodidan boʻlib, Muhammad Aminga nisbatan qoʻllangan[1]. Guzardagi masjidda uning qabri joylashgan. Masjid Buxoro amirligi hukmdori Amir Olimxon tomonidan taʼmirlangan. Mazkur nom vaqf hujjatlarida ham uchraydi[2].

  1. Toʻrayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5. 
  2. Тўраев Ҳ. Бухоро вилояти топонимлари юзасидан айрим мулоҳаза ва тавсиялар. „Buxoronoma“. — 2020.