Eshkakburunlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Eshkakburunlilar — osyotrsimonlar (bakrabaliqlar) turkumiga mansub baliqlar oilasi. Terisi yalangʻoch yoki mayda suyak tangachalar bilan qoplangan. Tumshugʻi keng , yassi va uzun, eshkaksimon yoki qilichsimon shaklda. Jagʻlarida juda koʻp mayda tishlari bor. 2 urugʻi, har qaysi urugʻida 1 tadan turi maʼlum. Amerika eshkakburuni Shim. Amerika materigida, jumladan Missisipi va AQShning jan. daryolarida, Eri koʻlida tarqalgan. Uz. 2 m gacha, vazni 75 kg gacha. Bentosdagi chuvalchanglar, hasharotlar, qisqichbaqasimonlar va suv oʻtlar bilan oziqlanadi. Mart — iyunda koʻpayadi. Soni kamayib ketgan. Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. 17 (yoki 10) ta urugʻi va 400 dan ortiq turi bor. Markaziy va Janubiy Afrika, Madagaskar, Janubiy Sharqiy Osiyo va Zond o.larida tarqalgan. Koʻpchiligi daraxtda hayot kechiradi. Haqiqiy Eshkakburunlilar urugʻi 130 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi; ayrim turlari (mas, Yava va Sumatra o.laridagi uchar baqalar) 12 m gacha uzoqlikka parvoz qiladi.