Eshchon baxshi Koʻspoʻlatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Eshchon baxshi Koʻspoʻlatov (1901 — Qoraqalpogʻiston, Chimboy tumani — 1952) — Qoraqalpogʻiston (1945) va Oʻzbekiston (1950) xalq dostonchisi. Sherna baxshshshnt shogirdi. Yoshligidan xalq qoʻshiqlarini, dostonlardan parchalarni kuylab yurgan. Chimboy hududida ishlagan (1930). "Shodlik qoʻshigʻi", "Shodlik zamon" kabi koʻpgina xalq qoʻshiqlarini yaratgan, "Qoraqalpoq xalq qoʻshiqlari" (Toshkent, 1959) kitobida ham Eshchon baxshi Koʻspoʻlatov qoʻshiqlari nota yozuvlari bilan berilgan. Moskva, Toshkent shahrilarida oʻtkazilgan olimpiadalarda qatnashgan (1939).

Adabiyot[tahrir]

  • Karakalpakskiye narodnme pesni, M., 1948, Maksetov Q., Qoraqalpoqjirov — baxshilari, Nukus, 1983.