Kontent qismiga oʻtish

Ertapisharlik

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ertapisharlik, tezpisharlik — oʻsimliklarning tez oʻsishi, tez rivojlanishi va mevalarning erta yetilishi xususiyati. Oʻsimliklarda biologik va xoʻjalik jihatidan pishish holatiga yetish tezligi bilan belgilanadi. E. muayyan ekinlar turlari va navlari (salat, ismaloq, rediska, chillaki uzum, kuzgi va bahori bugʻdoy, makkajoʻxori, karam, bodring, kartoshka va boshqalarning ayrim navlari)ga xos irsiy belgi hisoblanadi. E. oʻsimliklarni oʻstirish texnologiyasi sharoitlariga ham bogʻliq. Fiziologik nuqgai nazardan E. oʻsimliklar rivojlanishida vegetatsiya fazalarining jadal oʻtishi bilan tavsiflanadi. Fotosintezning intensivligi, toʻqima va organlarda moddalarning faol harakati va oʻzgarishi oʻsimlikning oʻsishi, rivojlanishini tezlashtiradi va mevani erta yetiltiradi. E. iqgisodiy ahamiyatga ega: ertapishar ekin turlari va navlari ekilganda yerdan unumli foydalanish, bir yilda bir dalaning oʻzidan 2—3-marta hosil olish mumkin.