Ertakchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ertakchi — ertak aytuvchi, hikoyachi. Repertuaridagi ertaklar xarakteri va hikoya qilish uslubiga koʻra E.lar bir-biridan farq qiladi: ular ijrochi va ijodkor E.larga boʻlinadi. Birinchisi oʻzi eshitgan ertakni aynan takrorlaydi. Ikkinchisi — isteʼdodli E. oʻzi eshitgan, oʻrgangan ertaklarni ijro etmay, ularga yangiliklar kiritadi, ertakka ijodkor sifatida yondashib, anʼanani buzmagan holda, ertakka yangi motiv va epizodlar qoʻshadi, uning taʼsir kuchini oshiradi; ularni oʻz didi, qobiliyati va dunyoqarashi, tinglovchilar saviyasi va talabiga moslab oʻzgartiradi.

Ertaklarning badiiy asar darajasiga yetishi, avloddan avlodga oʻtib kelishida professional E.larning xizmatlari katta boʻlgan. E.lardan Hamrobibi Umarali qizi koʻproq qahramonlik, Hasan Xudoyberdi oʻgʻli sehrli, Haydar Boycha oʻgʻli hayvonlar haqidagi, Nurali Nurmat oʻgʻli (Nurali qiziq) maishiy, Rasulov Husanboy sehrlisarguzasht, Shukurov Abdugʻofir mardlik va qahramonlik mazmunidagi ertaklarni ijro etishgan va ularning ijodi xalq orasida keng tarqalgan.