Ernesto Bertarelli
Ernesto Bertarelli | |
---|---|
Ernesto Bertarelli | |
![]() | |
Tavalludi |
22-sentyabr 1965-yil |
Fuqaroligi |
![]() |
Turmush oʻrtogʻi | Kirsti Roper |
Bolalari | (3 nafar farzandi bor) |
Ernesto Bertarelli (1965-yil 22-sentyabr, Rim, Italiya) – kelib chiqishi italiyalik Shveytsariya tadbirkori, milliarder. “Forbes” jurnalining 2013-yildagi dunyo boylari roʻyxatida 94-oʻrinni egallagan[1]. “Bloomberg” bergan hisobotga koʻra, uning oilaviy boyligi 14 milliard dollardan oshadi[2].
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1993-yilda Garvard biznes maktabini tamomlagan[1]. 1998-yilda u oʻz bobosidan meros qolgan “Serono” farmasevtik kompaniyasi boshqaruvini qoʻlga olgach, ushbu kompaniya faoliyatini farmasevtikadan biotexnologiyaga yoʻnaltirdi. natijada, 1998-yilda korxona kirmi 809 million dollarni tashkil etgan boʻlsa, 2006-yilga kelib u 2,8 milliard dollardan oshdi. Korxonaga bir qancha psixologik va jismoniy kasalliklarni bartaraf etuvchi vositalarni ishlab chiqarishi katta shuhrat keltirdi. Bertarelli ushbu korxonani Germaniyaning “Merck” shirkatiga 13 milliard dollarga sotishi natijasida 2007-yilda[3] “Merck-Serono” kompaniyasi tashkil topadi. 2002-2009-yillarda Bertarelli “UBS AG” kompaniyasi ijrochi direktori boʻlgan[4]. 2013-yilda u Buyuk Britaniyaning Plimut Universiteti faxriy doktori boʻldi.
Xayriya faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bertarelli 1999-yilda ayollar va erkaklar bepushtligini davolash ishlariga, andrologiya, genetika va endokrinologiyani rivojlantirishga qaratilgan fond tashkil etgan. Undan tashqari, ushbu fond sport, taʼlim sohalariga ham homiylik qiladi[5].
Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2000-yilda Bertarelli Buyuk Britaniyalik aktrisa Kristi Roperga uylangan va uchta farzandi bor[6][7].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 „Ernesto Bertarelli & family - Forbes“. forbes.com. Qaraldi: 24-yanvar 2013-yil.
- ↑ „The Worldʼs 200 Richest People - Bloomberg“. bloomberg.com. Qaraldi: 26-noyabr 2012-yil.
- ↑ http://portfolio.com/resources/executive-profiles/Ernesto-Bertarelli-80437
- ↑ UBS - Archive / Search, 2011-08-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-08-19
- ↑ NEWS EPFL :: Launching of EPFL Center for Neuroprostheses
- ↑ „Kirsty Roper“. London: Daily Mail (5-may 2008-yil).
- ↑ Longmore, Andrew. „Ernesto Bertarelli: making waves“. London: Sunday Times (2-noyabr 2008-yil). Qaraldi: 25-aprel 2009-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Alinghi.com
- Ares Life Sciences
- Bertarelli Foundation
- Bertarelli Family Wayback Machine saytida arxivlandi (2022-01-09).
- Ernesto Bertarelli profile at Forbes magazine
- Ernesto Bertarelli[sayt ishlamaydi]
- Waypoint Capital
![]() |