Ermat Sanayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ermat Sanayev
Tavalludi 1981-yil
Koson tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Taʼlimi Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Ilmiy darajasi texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori
Ilmiy unvoni dotsent

Ermat Shermatovich Sanayev 1981-yilda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida tugʻilgan. 2004-yili Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan. 2004-yilida „Zebiniso ona“ Toshkent qandolatchilik fabrikasining injener-texnologi lavozimida mehnat faoliyatini boshlgan. 2006—2013 yillarda „Agreks food“ Toshkent un tegirmonida injiner-texnolog lavozimida ishlagan[1]. 2013—2018 yillarda „Ardent foods“ qandolat fabrikasida texnolog lavozimida ishlab, Yevropaning Germaniya, Italiya mamlakatlarida, xususan Rim, Milan, Ferrari, Venetsiya shaharlarida va Turkiyaning Istanbul shahrida tajriba almashinuv dasturlari doirasida faol qatnashib zamonaviy bilim koʻnikmalari va tajribalarini orttirdi. 2019—2020 yillarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti „Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi“ kafedrasi assistenti, katta oʻqituvchisi lavozimlarida faoliyat yuritdi. 2021-yilda „Noanʼanaviy va tez tayyorlanadigan makaron ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishning innovatsion uslublari“ mavzusida dissertatsiya ishini himoya qildi va texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) unvoniga ega boʻldi[1]. 2022-yildan boshlab Toshkent kimyo-texnologiya institutining „Goʻsht-sut va konserva mahsulotlari texnologiyasi“ kafedrasi mudiri lavozimida ilmiy pedagogik faoliyat olib bormoqda. 1 ta monografiya, 50 dan ortiq maqola va tezislar, 1 ta darslik, 6 dan ortiq oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar muallifi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342 bet. 

Andoza:OʻTOE