Ermanarix
Qiyofa
Ermanarix, Germanarix (? — 375) — ostgotlar qiroli; Amallar xonadonidan. Shimoliy Qora dengiz boʻylarida gotlar bilan birgalikda ayrim alan, slavyan, frakiyalik qabilalardan tashkil topgan qabilalar ittifoqi rahbari. Qoʻshnilari bilan urushlar olib borib ostgotlarga tobe hududni ancha kengaytirgan. E. "davlati" mustahkam emas edi, tobe qabilalarning, xususan, rosomonlarning isyoni uni larzaga solgan. Gunnlardan qaqshatqich magʻlubiyatga uchragan E. oʻzini oʻldirgan, qabilalar ittifoqi gunnlar tomonidan tormor qilingan. E. (Yormunrekk) — germanlar qahramonlik eposi qahramoni.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |