Kontent qismiga oʻtish

Erkin Ergashev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Erkin Hamidovich Ergashev (1933.1.11 — Samarqand — 2004.8.1) — parazitologgelmintolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983), veterinariya fanlari doktori (1964), professor (1965). Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi instituti veterinariya fakultetini tugatgan (1953). Samarqand qishloq xoʻjaligi institutida aspirant (1953—56), parazitologiya kafedrasi dotsenti (1957—64), veterinariya fakulteti dekani (1960—62), Oʻzbekiston Veterinariya ilmiy tekshirish instituti direktori (1964—65; 1978—94), ayni paytda 1965-yildan Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti parazitologiya kafedrasi mudiri.

Ilmiy ishlari gelmintlar faunasi, epizootologiyasi, biologiyasi, patogenezi, immuniteti, zooatstroponozlar, chorva mollari va parrandalarning invazion kasalliklarining oldini olish, davolash va qarshi kurashning samarali usullarini ishlab chiqish va boshqalar masalalarga bagʻishlangan. "Biologiya va tibbiyot muammolari" jurnal bosh muharriri (1996—2004). "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (2003).

  • Parazitologiya asoslari va trematodozlar bilan sestozlar, T., 1971 (hammualliflikda); Chorva mollarining nematodoz kasalliklari, T., 1972 (hammualliflikda); Gelmintm i gelmintozn karakulskix ovets, T., 1973; Veterinariya asoslari, 2-qism, T., 1974 (hammualliflikda).