Alijon Erkayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Erkayev Alijondan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Erkayev Alijon (1933.10.10, Oltiariq tumani) – Oʻzbekiston xalq hofizi (2003). Toshkent chet tillar intini tugatgan (1956). Falsafa fanlari nomzodi (1969). Fargʻona ped. instituti (1957–60), Toshkent ped. instituti (1969–72)da oʻqituvchi, Toshkent madaniyat instituti dotsenti (1974 yildan), prof. (2004). Xonandalik sanʼati sirlarini J.Sultonovsan oʻzlashtirgan. Yoshligidan havaskor musiqa toʻgaraklari qatnashchisi boʻlib, 1961 yildan radio va televideniyeda xonanda sifatida faoliyat koʻrsatadi. Shirali ovoz sohibi. E. Fargʻona–Toshkent musiqa anʼanalariga tayanib, xalqchil ijro yoʻllarini qoʻllaydi. Repertuaridan Fargʻona– Toshkent maqom yoʻllari ("Ushshoq", "Dugoh", "Chapandozi Gulyor", "Bayot" va boshqalar), mumtoz ashulalar ("Girya", "Fargʻona tong otguncha", "Aylansin" va boshqalar), zamonaviy bastakorlar asarlari ("Gʻazalim", N.Hasanov; "Dilbarim", T.Hasanov; "Mubtalo qilib", R.Tursunov va boshqalar) oʻrin olgan. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi fonotekasi, 2 gramplastinka ("Alijon Erkayev kuylaydi", 1969, 1976)ga yozilgan. E. Ogahiy, Atoiy, Habibiy, J.Jabbor sheʼrlariga ashulalar bastalagan ("Fargʻona", "Mening tilagim", "Bulbul" va boshqalar).