Alijon Erkayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alijon Erkayev (1933.10.10, Oltiariq tumani) – Oʻzbekiston xalq hofizi (2003). Toshkent chet tillar intini tugatgan (1956). Falsafa fanlari nomzodi (1969). Fargʻona ped. instituti (1957–60), Toshkent ped. instituti (1969–72)da oʻqituvchi, Toshkent madaniyat instituti dotsenti (1974-yildan), professor (2004). Xonandalik sanʼati sirlarini J.Sultonovsan oʻzlashtirgan. Yoshligidan havaskor musiqa toʻgaraklari qatnashchisi boʻlib, 1961-yildan radio va televideniyeda xonanda sifatida faoliyat koʻrsatadi. Shirali ovoz sohibi. E. Fargʻona–Toshkent musiqa anʼanalariga tayanib, xalqchil ijro yoʻllarini qoʻllaydi. Repertuaridan Fargʻona– Toshkent maqom yoʻllari ("Ushshoq", "Dugoh", "Chapandozi Gulyor", "Bayot" va boshqalar), mumtoz ashulalar ("Girya", "Fargʻona tong otguncha", "Aylansin" va boshqalar), zamonaviy bastakorlar asarlari ("Gʻazalim", N.Hasanov; "Dilbarim", T.Hasanov; "Mubtalo qilib", R.Tursunov va boshqalar) oʻrin olgan. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi fonotekasi, 2 gramplastinka ("Alijon Erkayev kuylaydi", 1969, 1976)ga yozilgan. E. Ogahiy, Atoiy, Habibiy, J.Jabbor sheʼrlariga ashulalar bastalagan ("Fargʻona", "Mening tilagim", "Bulbul" va boshqalar).