Eritrotsitlarning choʻkish tezligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eritrotsitlarning choʻkish tezligi — qon plazmasidagi oqsil komponentlarining oʻzaro nisbati va turli kasalliklarda eritrotsitlar soni va hajmi oʻzgarishlarini aniklaydigan diagnostik koʻrsatkich. Bunda qon biror antikoagulyant (mas, natriy sitrat) bilan aralashtirilib, millimetrlarga boʻlingan shisha kapillyar nayga olinadi. Qon ikki qism: pastki qism (choʻkmasi) — shaklli elementlarga, ustki qism — plazmaga ajraladi. Bir soatdan soʻng nayning pastki qismida choʻkkan eritrotsitlarning balandligi oʻlchanadi. Eritrotsitlarning choʻkish tezligit.ning erkaklar uchun 3–10 mm soat, ayollar uchun 3–15 mm soati normal hisoblanadi. Eritrotsitlarning choʻkish tezligit.ning kuchayishi yalligʻlanish bilan kechadigan jarayon (mas, pnevmoniya, sil, revmatizm, sepsis), shuningdek, toʻqimalarning yemirilish kasalliklari (miokard infarkti, oʻsmalar va boshqalar)da kuzatilib, bunda qon plazmasidagi fibrinogen, gammaglobulin va boshqalar miqdori koʻpayadi. Homiladorlik davrida ham Eritrotsitlarning choʻkish tezligit. ortadi.