Eritrodermiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eritrodermiya (yun. qizil va — teri) — butun gavda terisi yoki koʻpgina qismining yalligʻlanishi (qizarishi, shishishi, poʻst tashlashi, qipiqlanishi, qichishishi) bilan kechadigan kasallik. Mustaqil kasallik sifatida paydo boʻladigan birlamchi E. (mas, Ritter eksfoliativ dermatiti), shuningdek, ekzema, psoriaz va boshqalar teri kasalliklari yoki umumiy kasalliklar (zamburugʻli mikoz, qon kasalliklari) tufayli vujudga keladigan ikkilamchi E. farq qilinadi. Kasallik oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir va surunkali kechadi. Davolash E.ga sabab boʻlgan omilni bartaraf etish va kasallik belgilariga qarab doridarmonlar buyurishdan iborat.