Erikson Gallardo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Erikson Yirson Gallardo Toro (1996-yil 26-iyulda tugʻilgan) - Venesuelalik professional futbolchi. Hozirda USL chempionatining "Feniks Rising" klubida hujumchi sifatida toʻp suradi.

Hayotning boshlangʻich davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

U toʻrt yoshiga yetganda otasi murabbiylik qilgan "Fundarleo Raul Leon" klubida futbol oʻynay boshlaydi[1]. Keyinchalik u Santa Barbara va Potros de Barinas FC kublarida faoliyatini davom ettiradi, 17 yoshida Zamora FCga kelib qoʻshiladi[2].

Klub karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2014-yilning 16-fevralida “Atletiko El-Vijiya”ga qarshi o‘yinda “Samora” safida ilk debyut oʻyinini o‘tkazadi[2]. Oʻzining dastlabki ikki yilida u zaxira oʻyinchisi sifatida harakatlanganiga qaramasdan, u 2016-yilgi mavsumdan boshlab oʻn toʻqqiz yoshida jamoaning muntazam oʻyinchiga aylansdi[3] 2018-yilgi Apertura finalining ikkinchi o‘yinida Gallardo jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozongan oʻyinda yagona golni uradi va Zamora umumiy hisobda 2:1 hisobida g‘alaba qozonadi[4]. Klubdagi faoliyati davomida u 2014, 2015, 2016 va 2018-yillarda to‘rt marotaba chempionlikni qo‘lga kiritadi[5][4][6].

2019-yilning iyul oyida u Toronto FC bilan Major League Soccer[7] turnirida ishtirok etadi. Toronto oʻzining MLS huquqlarini Orlando Siti SC dan sotib olgandan soʻng, Gallardoni 50 000 AQSh dollari evaziga xarid qiladi[8]. Klubga qoʻshilganidan koʻp oʻtmay, toʻrtta jarohatni boshdan kechirganidan soʻng, u Toronto uchun debyutini 2019-yil 7-avgustda Kanada chempionatida Ottava Fyuri FKga qarshi bahsda oʻtkazadi[9]. U oʻzining MLSdagi birinchi assistini 15-sentyabr kuni Kolorado Rapidsga qarshi oʻyinda qayd etadi[10]. Mavsum oʻrtalarida yangi jamoaga kelgan oʻyinchi debyut mavsumida bor-yoʻgʻi beshta oʻyinda maydonga tushadi, buni sababini murabbiy Greg Vanni jamoaga u kech kelgani bilan bogʻlab, tizimni yaxshi bilishi tufayli undan koʻra asosiy tarkibda butun mavsum oʻynagan futbolchilarni tushurishni afzal koʻrishini bildirib oʻtadi[11]. Toronto MLS kubogi final bosqichiga yoʻl olgani uchun u pley-off bosqichi oʻyinlarida ishtirok etmadi va u mavsumni deyarli zaxira oʻyinchisi sifatida oʻtkazadi[12][13] 2021-yil 7-aprel kuni Meksikaning “Leon” jamoasiga qarshi KONKAKAF Chempionlar ligasi o‘yinida, zaxira oʻyinchi sifatida maydonga tushgandan so‘ng, Gallardo birinchi teginishda to‘pni egallab, hisobni tenglashtirgan gol uchun qulay imkoniy yaratadi[14]. Lekin keyinchalik jarohati[15] tufayli oʻyinni tark etishga majbur boʻladi. 2021-yilda jarohatidan tuzalgach, u bir necha oʻyin uchun Toronto FC II ga ijaraga beriladi[16]. 2021-yilgi mavsum oxirida Gallardoning shartnomasi tugaydi va u klubni tark etadi[17].

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning may oyida u Venesuela terma jamoasiga ilk bor chaqiruv oladi[18]. U 2019-yil 1-iyun kuni Ekvador bilan boʻlgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushadi va ushbu o‘rtoqlik o‘yinida 1:1 hisobida durrang natija qayd etadi[19][20]. 2022-yilning iyun oyida u uch yillik tanaffusdan soʻng yana terma jamoaga Malta va Saudiya Arabistoniga qarshi oʻyinlarga chaqiriladi, ammo musobaqa davomida zaxira oʻyinchisi sifatida ishtirok etadi va maydonga tushmaydi[21].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gallardoning Venesuela futbolidagi laqabi tezligi tufayli Meteoro (Meteor) hisoblanadi[22][23] 2019-yilda Gallardo va uning rafiqasi qiz farzandli boʻlishadi[24].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Chacon. „Gallardo hace donativos a una escuela de fútbol en Barinas“ (es). Meridiano Televisión.
  2. 2,0 2,1 Mistaje. „Erickson Gallardo retumba en el balompié venezolano“ (es). Solovenex (2018-yil 13-sentyabr).
  3. „Erickson Gallardo lucha por un puesto en la titular del Zamora“ (es). Meridiano Televisión (2016-yil 26-yanvar).
  4. 4,0 4,1 Zamora Calafat. „Erickson Gallardo es nuevo jugador del Toronto F.C.“ (es). Meridiano Televisión (2019-yil 9-iyul).
  5. Davidson. „Toronto FC optimistic about rest of season as Gallardo, Gonzalez join the fold“. Toronto Star (2019-yil 9-iyul).
  6. Chacon. „Erickson Gallardo deslumbra en el Clausura 2018“ (es). Meridiano Televisión (2018-yil 25-avgust).
  7. „Toronto FC signs Venezuelan winger Erickson Gallardo“. torontofc.ca. Toronto FC (2019-yil 9-iyul). Qaraldi: 2020-yil 5-may.
  8. Torres. „Orlando City Using Discovery List Creatively“. The Mane Land (2020-yil 27-fevral).
  9. Davidson. „Recent additions give TFC depth, options for playoff run“. Toronto Star (2019-yil 9-avgust).
  10. Mosquera. „Erickson Gallardo da asistencia en la MLS“ (es). Meridiano Televisión (2019-yil 15-sentyabr).
  11. Buffery. „TFC's Gallardo hits the reset button“. Toronto Sun (2020-yil 27-fevral).
  12. Buffery. „TFC remains confident in Gallardo“. Toronto Sun (2019-yil 11-noyabr).
  13. Chacon. „Erickson Gallardo: Vengo muy enfocado para un año de muchos éxitos“ (es). Meridiano Televisión (2020-yil 20-fevral).
  14. Buffery. „Shorthanded Toronto FC holds on for a draw in hot and steamy Leon“. Toronto Sun (2021-yil 7-aprel).
  15. Rhodes. „Jozy Altidore and Erickson Gallardo leave Club Leon game with injuries“. Waking the Red (2021-yil 7-aprel). 2023-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  16. „Toronto FC loan Erickson Gallardo to TFC II“. Toronto FC (2021-yil 18-iyul).
  17. „Toronto FC Announce Year-End Roster Decisions“. Toronto FC (2021-yil 1-dekabr).
  18. Chacon. „Erickson Gallardo: Daré lo mejor para ganarme un puesto“ (es). Meridiano Televisión (2019-yil 21-may).
  19. Rhodes. „Toronto FC sign winger Erickson Gallardo“. Waking the Red (2019-yil 9-iyul). 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  20. Perez Esis. „Erickson Gallardo a HSM: "No vamos a bajar la guardia"“ (es). Hispanic Sports Media (2019-yil 18-oktyabr). 2022-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  21. „Erickson Gallardo summoned to the Vinotinto“. Press Compa (2022-yil 31-may). 2022-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  22. Chacon. „"Meteoro" Gallardo quiere mostrar su calidad en circuitos internacionales“ (es). Meridiano Televisión (2019-yil 14-fevral).
  23. Chacon. „Erickson Gallardo, el veloz y desequilibrante del Zamora FC“ (es). Meridiano Televisión (2018-yil 16-fevral).
  24. Singh. „Toronto FC’s Erickson Gallardo: ‘This year is going to be different’“. Waking the Red (2020-yil 7-mart). 2023-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.