Ergash Oripov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ergash Oripov (1931.2.3, Toshkent viloyati — 1997.17.11, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1993), kimyo fanlari doktori (1972), professor (1974). Urta Osiyo universitetini tugatgan (1953). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo institutida direktor muo-vini (1976—82), laboratoriya mudiri (1965—95). O.ning ilmiy ishlari tabiiy mineral sorbentlar gʻovakligi va sirt kimyosini boshqarishning fizikkimyoviy asoslari hamda usullarini, sirt-faol moddalar va suvda eruvchan polimerlar (polielektrolitlar) eritmalarida tuzilmalar hosil boʻlishi va gidrofob bogʻlanishiga taʼsir koʻrsatishga oid. Tabiiy mineral xom ashyolar asosida samarali adsorbentlar,toʻldirgichlar olish, tuproq strukturasini yaxshilash va koʻchma qumlarni kimyoviy mustahkamlashning asoslarini ishlab chiqqan.

Manbalar[tahrir]

  • Prirodnie mineralnie sorbenti, ix aktivirovaniye i modifitsirovaniye, T., 1970; Aktivnie sentri prirodnix mineralnix dispersiy, T., 1993.