Erdenidzu
Qiyofa
Erdenidzu — tarixiy-maʼmuriy yodgorlik, Mongoliyadagi dastlabki budda ibodatxonasi. Xangay togʻlarining sharqiy yon bagʻrida, Urxun daryosining yuqori oqimi boʻyida joylashgan. 1585-yil barpo etilgan. Oʻrta asrlarda Mongoliyaning eng yirik diniy va siyosiy markazi boʻlgan. XVIII asrda vayron qilingan, XVIII asr oxiridan ahamiyatini yoʻqotgan. Koʻplab oʻziga xos minoralari (suburganlar) va darvozalari boʻlgan qadimiy ibodatxonalar saqlangan. Erdenidzu mongol meʼmorligining ajoyib yodgorligi. Hozirgi muzey.Erdenidzu yaqinida qadimiy moʻgʻullarning poytaxti — Qoraqurum xarobalari bor.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |