Eratema

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eratema — umumiy stratigrafik shkalaning boʻlimi, eonotemaga boʻysunadi va sistemalarga boʻlinadi. "E." termini 1966-yil amerikalik geolog X. Xedberg tomonidan kiritilgan. E. litosfera (maʼlum bir holatda atmosfera va gidrosfera) va organik dunyo rivojlanishining katta etapini aks ettiradi. Har bir E. uch yoki undan ortiq sistemaga boʻlinadi. Umumiy qabul qilingan fanerozoy E.lari: kaynozoy, mezozoy, paleozoy hisoblanadi (qarang Geoxronologiya).