Kontent qismiga oʻtish

Epikureizm

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Epikureizm — Epikur gʻoyalaridan kelib chiqqan taʼlimot. Afinadagi maktabi — Epikur "Bogʻ"i. Epikur falsafadan saboq bergan bu "Bogʻ"da dastlab Metrodor, Poliyen, Ermarx, Kolot (miloddan avvalgi IV—III asrlar), soʻng Sidonlik Zenon, Fedr, Filodem (miloddan avvalgi 2—1 a.lar) singari taniqli faylasuflar yetishib chiqqan. E.ning Rimdagi eng yirik namoyandasi — Lukretsiy. Epikur maktabi milodiy IV asr oʻrtalarigacha yashab keldi. Uygʻonish davrida yangitdan, keyinchalik, XVII—XVIII asrlarda materialistik va maʼrifatchilik oqimlari (P.Gassendi)da rivojlandi. Hayotning moddiy quvonchlarini, rohat, farogʻatni afzal koʻradigan odamlarni epikurchilar deb ataydigan boʻldilar.