Epigenez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Epigenez (epi... va ...genez) — organizmlarning murtakdan asta-sekin yangi shakl oʻzgarishlar natijasida rivojlanishi toʻgʻrisidagi taʼlimot. "E." terminini ingliz vrachi va fiziologi U. Garvey taklif etgan (1651). E. organizmlar tuzilishi xususiyatlarning jinsiy hujayralarda mujassamlashuvi toʻgʻrisidagi preformizm taʼlimotiga qarshi vujudga kelgan. Ammo E. va unga qarama-qarshi konsepsiyalar antik davrdan maʼlum boʻlgan. Rus embriologi va anatomi K.F.Volf va boshqalar olimlar ishlari tufayli E. taʼlimoti gʻalaba qozonib, embriologiyanit rivojlanishi uchun zamin yaratildi. 19-asrning 70—80- yillarida sitologiyaning rivojlanishi bilan E.ni inkor qiluvchi juda koʻp irsiyat konsepsiyalari paydo boʻldi. 19-asr oxirida rivojlanish mexanikasining paydo boʻlishi bilan E. yana qayta oʻz mavqeini egallaydi. Lekin E. koʻp jihatdan vitalistik xususiyatga ega boʻlgan (qarang Vitshshzm). E. taʼlimoti tarafdorlari hujayrada organizm uchun xos boʻlgan belgilar toʻliq jo qilinganligi, uning bundan keyingi rivojlanishi oldindan belgilab qoʻyilgan belgilarni tashqi, yaʼni moddiy boʻlmagan omillar taʼsirida yuzaga chiqishi toʻgʻrisidagi gʻoyani ilgari surishgan. 20-asrda genetikaning yuzaga kelishi bilan oldingi sodda tushunchalar oʻrniga organizmlar ontogenezi qonuniyatlarini koʻrsatib beruvchi genetik informatsiya toʻgʻrisidagi gʻoyalar paydo boʻldi.

Hozirgi zamon biol. sida organizmlar rivojlanishi davomida genetik informatsiyaning amalga oshirilishini organizmda paydo boʻladigan neyrogumoral va gormonal bogʻlanish hamda muayayn tashqi taʼsir bilan bogʻlab tushuntiriladi.