Epaminond

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Epaminond (Yeratetopyaz) (miloddan avvalgi taxminan 418—362) — yunon sarkardasi va siyosat arbobi. 4-asrning 70—60- yillarida (Fivada 379 yildagi demokratik toʻntarishdan soʻng) Pelopid bilan birga Fiva davlati va demokratik asoslarda qayta vujudga kelgan Beotiya ittifoqini boshqargan. 371 yil qoʻshinni saflashning yangi usuli ("qiyshiq saf")ni qoʻllab Levktra jangida spartaliklar ustidan gʻalabaga erishgan, soʻngra beotiyaliklarning Peloponnesga bir necha bor qilgan hujumlari (370/369 Pelopid bilan, 369, 367 va 362)ga rahbarlik qilgan. Mantineya yaqinidagi soʻnggi jangda E. gʻalaba qozongan boʻlsada, oʻzi ogʻir yarador boʻlib, soʻng vafot etgan.