Enzo Roco

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Enzo Pablo Roco Roco (talaffuzi: Enzo Pablo Roko Roko) — 1992-yil 16-avgustda Chilining Santyago shahrida tugʻilgan. „Elche“ klubi va Chili terma jamoasi himoyachisi hisoblanadi.

Enzo Roco
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Enzo Pablo Roco Roco
Tavallud sanasi 16-avgust 1992-yil (1992-08-16) (31 yosh)
Tavallud joyi Ovalle, Chili
Boʻyi 1.92 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Elche
Raqami 3
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2007 Academia Municipal Ovalle
2008—2011 Universidad Católica
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2014 Universidad Católica 92 (8)
2014—2015 Elche 32 (1)
2015—2016 Espanyol 33 (2)
2016—2018 Cruz Azul 51 (3)
2018—2020 Beşiktaş 17 (0)
2020—2021 Fatih Karagümrük 30 (3)
2021 Elche 53 (1)
Milliy terma jamoa
2009 Chili U17 (1)
2012- Chili (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Enzo Roco oʻz faoliyatini „Universidad Católica“ klubida boshlagan. 2011-yilning 8-may kuni „Unión Española“ klubiga qarshi oʻyinda u Chili chempionatida debyut qildi[1]. 5-iyun kuni „Unión La Calera“ klubiga qarshi oʻyinda Enzo Roco „Universidad Católica“ safida oʻzining birinchi golini urdi[2]. 2010-yilda u Chili chempioni boʻldi va bir yildan soʻng jamoaga mamlakat kubogini yutishda yordam berdi. 2014-yilning yozida Enzo Roco Ispaniyaning „Elche“ jamoasiga ijaraga oʻtdi. 1-sentabr kuni „Granada“ klubiga qarshi oʻyinda u La Ligada debyut qildi[3].

2015-yilning yozida Enzo Roco „Espanyol“ klubiga oʻtdi. 19-sentabr kuni „Real Sociedad“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[4]. Oʻsha oʻyinda Enzo Roco „Espanyol“ safidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritdi.

2016-yilda Enzo Roco „Cruz Azul“ klubiga qoʻshildi. 17-iyul kuni „Necaxa“ klubiga qarshi oʻyinda u ikkinchi boʻlimda hamyurti Fransisko Silvani oʻrniga almashtirilib, Meksika Primerasida debyut qildi[5]. 18-sentabr kuni „Chiapas“ klubiga qarshi duelda Enzo Roco „Cruz Azul“ safida birinchi golini urdi[6].

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilning 16-fevralida Enzo Roco Chili terma jamoasi safida Paragvayga oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi[7]. 2012-yil 21-mart kuni Peru terma jamoasiga qarshi uchrashuvda Enzo Roco terma jamoadagi ilk golini urdi[8].

2016-yilning yozida Enzo Roco AQSHda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida gʻolib chiqdi[9]. Turnirda u Panama va Meksika terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[10].

2017-yilda Enzo Roco Rossiyada boʻlib oʻtgan Konfederatsiyalar kubogining kumush medali sohibiga aylandi. Turnirda u zaxiradan maydonga tushmadi.







Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Universidad CatólicaChili bayrogʻi Chili 2011 15 2 6 0 5 1 26 3
2012 26 0 9 0 14 2 49 2
2013 17 2 17 2
2013-2014 33 4 10 0 5 0 48 4
2014-2015 1 0 1 0
Jami 92 8 25 0 24 3 141 11
Elche C. F.Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2014-2015 32 1 4 0 36 1
R. C. D. EspanyolIspaniya bayrogʻi Ispaniya 2015-2016 33 2 2 0 35 2
Jami 33 2 2 0 0 0 35 2
Cruz AzulMeksika bayrogʻi Meksika 2016-2017 24 1 9 0 33 1
2017-2018 27 2 7 0 34 2
Jami 51 3 16 0 0 0 67 3
Beşiktaş J. K.Turkiya bayrogʻi Turkiya 2018-2019 6 0 4 1 10 1
2019-2020 11 0 2 0 4 1 17 1
Jami 17 0 2 0 8 2 27 2
Fatih Karagümrük S. K.Turkiya bayrogʻi Turkiya 2020-2021 31 3 31 3
Jami 31 3 0 0 0 0 31 3
Elche C. F.Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2021-2022 19 1 21 1
Jami 41 2 6 0 0 0 57 2
Umumiy karyerasida 275 18 49 0 32 5 358 23

Chili safidagi gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sana Joy Raqib Hisob Musobaqa
1. 2012-yil 21-mart Karlos Dittborn, Arika, Chili PeruPeru 3 :1 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Универсидад Католика VS. Унион Эспаньола 0:0“ (inglizcha). soccerway.com (8-may 2011-yil). 3-sentabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-avgust 2014-yil.
  2. „Универсидад Католика VS. Унион Ла-Калера 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (5-iyun 2011-yil). 3-sentabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-avgust 2014-yil.
  3. „Эльче VS. Гранада 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (1-sentabr 2014-yil). 18-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-noyabr 2016-yil.
  4. „Реал Сосьедад VS. Эспаньол 2:3“ (inglizcha). soccerway.com (19-sentabr 2015-yil). 10-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-noyabr 2016-yil.
  5. „Некакса VS. Крус Асуль 0:0“ (inglizcha). soccerway.com (17-iyul 2016-yil). 21-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-noyabr 2016-yil.
  6. „Чьяпас VS. Крус Асуль 0:3“ (inglizcha). soccerway.com (18-sentabr 2016-yil). 18-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-noyabr 2016-yil.
  7. „Парагвай VS. Чили 2:0“ (inglizcha). soccerway.com (16-fevral 2012-yil). 3-sentabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-avgust 2014-yil.
  8. „Чили VS. Перу 3:1“ (inglizcha). soccerway.com (21-mart 2012-yil). 17-may 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-avgust 2014-yil.
  9. „Мексика VS. Чили 0:7“ (inglizcha). soccerway.com (2016-06—19). 8-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyun 2016-yil.
  10. „Чили VS. Панама 4:2“ (inglizcha). soccerway.com (2016-06—15). 16-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyun 2016-yil.