Entertainment Software Association

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Entertainment Software Association (ESA) — Amerika dasturiy taʼminot va oʻyin sanoati assotsiatsiyasi. 1994-yil aprel oyida Interactive Digital Software Association (IDSA) nomi ostida tashkil etilgan va 2003-yil 16-iyulda ESA nomiga oʻzgartirtirilgan. Vashingtonda joylashgan.

ESA aʼzolariga Atari, Capcom, Disney Interactive Studios , Eidos Interactive, Electronic Arts, Konami, Microsoft, Midway Games, Namco Bandai, Nintendo, Sega Sony Computer Entertainment, Square Enix, Take Two Interactive, THQ va WildTangent kabi oʻyin biznesidagi yirik nashriyot kompaniyalari (yoki ularning AQShdagi shoʻba korxonalari) hisoblanadi.

ESA dasturi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Yillik E3 koʻrgazmasini oʻtkazish (shuningdek, Media va biznes sammiti sifatida ham tanilgan)
  • Video va oʻyin mahsulotlari sifatini baholovchi tashkilotini — Entertainment Software Rating Board (ESRB) qoʻllab-quvvatlash;
  • Qaroqchilikka qarshi kurash;
  • Hukumat darajasida senzura va video va oʻyin sanoatini tartibga solishga qarshi kurash.

Duglas Lovenshteyn (inglizcha: Douglas Lowenstein) ESA asoschisi va birinchi rahbari boʻlgan[1]. 2007-yil 17-mayda uning oʻrnini amerikalik siyosatchi Maykl Gallaxer (inglizcha: Michael Gallagher) egalladi[2]. Uyushma Xalqaro intellektual mulk birlashmasining aʼzosi hisoblanadi.

Entertainment Software Association aʼzolari roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qalin harflar bilan yozilgan kompaniyalar, Entertainment Software Association aʼzolari sifatida, rasmiy veb-saytda koʻrsatilgan[3].

2008-yil 23-mayda Activision , Vivendi Universal , LucasArts va id Software ESA aʼzoligini bekor qildi[4][5][6].

ESA aʼzolari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil may oyi holatiga koʻra, quyidagi kompaniyalar ESA[7] aʼzosi boʻlgan:

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Illinois Ordered to Pay ESA Half Million (Wayback Machine saytida 2006-08-21 sanasida arxivlangan) by Daemon Hatfield, IGN Entertainment, 2006-08-10
  2. ESA selects new president by Brendan Sinclair, GameSpot, 2007-05-17
  3. ESA Members (Wayback Machine saytida 2013-12-03 sanasida arxivlangan) Entertainment Software Association
  4. „Breaking: Activision and Vivendi discontinue ESA membership — Joystiq“ (deadlink). 2011-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 3-sentyabr.
  5. Breaking: LucasArts leaves the ESA [update] — Joystiq
  6. „BREAKING: id Software Leaves ESA | GamePolitics“. 2008-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 3-sentyabr.
  7. „Membership“. Entertainment Software Association. 2014-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]