Sony Interactive Entertainment

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Sony Interactive Entertainment
Tarmogʻi Video oʻyin sanoati
Egasi Sony[1]
Ishga tushgan sanasi 16-noyabr, 1993-yil (28 yil avval) (1993-11-16) (Tokio)
1-aprel, 2016-yil (6 yil avval) (2016-04-01) (Sony Interactive Entertainment, Inc. sifatida)
Joylashuvi San Mateo, California, AQSh
Xoʻjayinlar
  • Jim Ryan
  • (Prezident va bosh direktor)
Mahsulot(lar)i Aksessuarlar va kontrollerlar Audiokinetic Wwise
Aylanma daromad AQSh$2.503 milliard[2]
Operatsion foyda US$322 million[2]
Ishchilar soni tax. 3 500
Vebsayti sie.com

Sony Interactive Entertainment (yaponcha: 株式会社ソニー・インタラクティブエンタテインメント; qisqartmasi SIE; ilgari Sony Computer Entertainment (SCE) nomi bilan tanilgan) koʻp millatli video oʻyin ishlab chiqaruvchi shirkatdir. Egasi — Sony.[3] Tokioda tashkil topgan SIE Inc.ga 1993-yil noyabrda asos solingan. Dastlab, nomi Sony Computer Entertainment Inc. (SCEI yoki SCE) boʻlgan. SIE MChJ 2016-yil aprelida San Mateo shahrida tashkil topib,[3] Sonyning AQShdagi filiali — Sony Corporation of America tarafidan boshqariladi.[1]

1994-yilda original PlayStation konsoli ishlab chiqarila boshlaganidan beri, ushbu shirkat PlayStation video oʻyin konsollari, aksessuarlari va xizmatlarini ishlab chiqmoqda. Kompaniya Yaponiyadan Shimoliy Amerika va Yevropaga tarqalib, bu hududlarda filiallarini ochdi. Jumladan, 1995-yil mayida AQShning Kaliforniya shtatidagi Foster shahrida Sony Computer Entertainment America (SCEA), 1995-yil iyunida Liverpul shahrida Sony Computer Entertainment Europe (SCEE) filiallariga asos solindi. 2016-yil aprel oyida SCE va Sony Network Entertainment International qayta tashkil etildi. Oʻsha yili SIE MChJ ham tashkil etilib, uning bosh ofisi Kaliforniyaning San-Mateo shahrida joylashgandir.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Who We Are“(aniqlanmagan). Sony.com. Sony. 2019-yil 21-martda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2019-yil 23-sentabr.
  2. 2,0 2,1 FY 2020-yilgi daromad va operatsion daromad: „Consolidated Financial Results for the Fiscal Year Ended 31-mart 2021-yil“. Tokyo, Japan: Sony (2021-yil 28-aprel). Qaraldi: 2021-yil 28-aprel.
  3. 3,0 3,1 „SIE Company Profile“. Sony Interactive Entertainment Inc.. Qaraldi: 3-avgust 2019-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]