Eng sodda hayvonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Eng sodda hayvonlar — hayvonlar kichik dunyosi. Bir hujayrali eukariot hayvonlar. Koʻpchiligining yadrosi bitta, koʻp yadroli turlari ham koʻp. Yadrosining tuzilishi eukariotlarga oʻxshash: shakli har xil.

Evolyutsiyasi davomida ayrim guruhlarida xromosomalar toʻplami yoki ular bir qismi sonining koʻp marta ortishi tufayli poligenlik kelib chiqqan. Infuzoriyalar va koʻpchilik foraminiferalar yadrosi 2 xil (yadro dualizmi): vegetativ (makronukleus) va generativ (mikronukleus) boʻladi.

Eng sodda hayvonlarh. sistematikasi va filoginiyasi koʻp munozaralarga sabab boʻlgan. Uzoq vaqt ular bitta tipga kiritilib, 5 sinf: sarkodalilar, xivchinlilar, sporalilar, infuzoriyalar, knidosporiyalarga ajratib kelingan. Elektron mikroskop va boshqalar tadqiqot usullarining qoʻllanishi, Eng sodda hayvonlarh. hayot sikli, biokimyoviy va fiziologik xususiyatlarini oʻrganish ularning bitta umumiy plan asosida tuzilmaganligi va turli guruhlari oʻrtasida katta farq boʻlishini koʻrsatdi; ular uchun umumiy boʻlgan eukariotlik, bir hujayralilik, mik^ roskopik oʻlcham eng sodda tuzilish belgisi boʻlolmasligi aniklandi. Hozirgi Eng sodda hayvonlar h.ning bir necha sistematikasi mavjud. Koʻpchilik olimlar ularni kichik dunyo tarzida tan olishib, 5,7 yoki 9 sinfga ajratishadi. Sistematika boʻyicha Xalqaro komitet Eng sodda hayvonlarni 7 tip: sarkomastigoforalar, labirintulalar, apikomplekslar, mikrosporidlar, assetosporalilar, mikrosporidlar, infuzoriyalarga boʻlishni taklif etgan (1980). Bu tasnifni koʻpchilik tan olgan.

Eng sodda hayvonlarh. faunasi kam oʻrganilgan; 40000 ga, ayrim maʼlumotlarga koʻra 70000 ga yaqin turi maʼlum. Deyarli koʻpchiligi mikroskopik oʻlchamda, morfologik va fiziologik jihatdan har xil tuzilgan. Ular orasida eng sodda tuzilgan sarkodalilarning doimiy oziqni tutish va harakatlanish organoidlari boʻlmaydi; infuzoriyalar esa eng murakkab tuzilgan.

Ayrim parazit Eng sodda hayvonlarh.dan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon zararkunandalariga qarshi kurashda foydalanish maqsadida tadqiqot olib borilmoqda. Ularning bir qancha turlari (amyobalar, infuzoriyalar va boshqalar)dan sitologik, genetik, biofizik va boshqalar tadqiqotlarda keng foydalaniladi. Eng sodda hayvonlarning tuproq mikroflorasi bilan oʻzaro murakkab taʼsiri oʻrganilmoqda; ularni nam tuproqda tuproq unumdorligini oshirishi toʻtrisida taxmin qilinadi. Mineral skeletli dengiz Eng sodda hayvonlarh.i (radiolyariyalar, foraminiferalar) qazilma qoldiqlari choʻkma jinslarni hosil qilishda ka^ta ahamiyatga ega. Hozirgi ohaktosh konlari, asosan, foraminiferalar chigʻanogʻidan iborat. Radiolyariyalarning mineral (qum) chigʻanoqlari qoldiqlaridan sanoatda metallarni silliqlashda, jilvir qogʻozlar tayyorlashda foydalaniladi. Eng sodda hayvonlarh. goʻgʻrisidagi fan protozoologiya. yaʼni protistologiya deyiladi.

Ad..Mavlonov O.. Xurramov Sh.. Norboyev 3 ., Umurtqasizlar zoologiyasn. T.. 2003; Seravin L.N., Prosteyshiye ...Chto eto takoye?, L.. 1984.

Ochil Mavlonov.