Endotermik reaksiyalar
Qiyofa
Endotermik reaksiyalar — issiqlik yutilishi bilan boradigan kimyoviy reaksiyalar. Yuqori trada azot va kislorodning oʻzaro kimyoviy taʼsiri natijasida azot oksid hosil boʻlishi jarayoni. Endotermik reaksiyalarga misol boʻla oladi. Rudalardan metallarni qaytarib ajratib olish reaksiyasi, quyosh nuri energiyasini yutishga asoslangan oʻsimliklar fotosintezi ham Endotermik reaksiyalarga taalluqli. Molekulalarning erkin atomlarga boʻlinish reaksiyalari Endotermik reaksiyalar asosida amalga oshadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |