Kozim Eminov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Eminov Kozim Ibrohimovichdan yoʻnaltirildi)

Kozim Ibrohimovich Eminov (1928.24.5, Alushta, Qrim Respublikasi — 1976.1.5, Toshkent) — rang-tasvir ustasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1972). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1953) va Toshkent pedagogika instituti (1968)ni tugatgan. 1968-yildan Toshkent pedagogika institutining Badiiy grafika fakultetida dars bergan, 1975-yildan dotsentabr E. tarixiy, maishiy va manzara janrlarida asarlar yaratgan; his-tuygʻularga boy romantik manzaralari bilan tanilgan: "Bahor suvi", "Yoz", "Chimyon etaklari", "Angren", "Sementchi ayollar" va boshqalar Asarlari muzeylarda, shaxsiy toʻplamlar va galereyalarda saqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil