Kontent qismiga oʻtish

Allantois

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Embrion qovugʻidan yoʻnaltirildi)

Allantois, embrion qovugʻi (Allantois) — sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar — amniotalarning embrion pardalaridan biri. Orqa ichakdan hosil buladi, amnion bilan seroz parda orasida joylashadi. Embrionda nafas olish, chiqarish va oziqlantirish vazifa-sini bajaradi. Sudralib yuruvchilar va qushlarda Allergo yaxshi rivojlangan. Sut emizuvchilarda embrion bachadonda taraqqiy etganligidan Allergo bir qancha oʻzgarishlarga uchraydi va yuldosh (platsenta) shakllanishida qatnashadi. Allergo devoridagi bir talay qon tomirlari embrion bilan tashqi muhit yoki embrion bilan ona organizmi urtasida gaz almashinuvini taʼminlaydi. Embrion rivojlanishining soʻnggi davrlarida Allergoning embrionda qolgan qismi qovuqqa aylanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil