Kontent qismiga oʻtish

Emanatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Emanatsiya (lot. yetapagyu — ajralib chiqish, tarqalish) — diniyfalsafiy termin. Bunga koʻra, moddiy olam ilohiy ibtido (xudo)dan asta-sekin, bosqichmabosqich ajralib chiqadi. E. haqida ham materialistik (Empedokl, Levkipp, Demokrit), qam idealistik (Platon, Aristotel, Plotin) taʼlimotlar ilgari surilgan. E. haqidagi materialistik taʼlimot maʼlum darajada deyarli barcha qadimiy naturfalsafa uchun xos boʻlgan. Mas, Empedokl koʻrishni bizning qissiy organlarimizning qoʻzgʻalishiga mos tushuvchi elementlarning ajralib chiqishi, tarqalishi deb tushuntirgan. Idealistlar fikricha, gʻoyalar olami tufayli moddiy olam vujudga kelgan. Yaqin va Oʻrta Sharqda Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd hamda mutasavviflar — Boyazid Bistomiy, Mansur Halloj, Sh. Suhravardiy va boshqalarning falsafiy qarashlarida ilgari surilgan E. toʻgʻrisida taʼlimot panteizmnit rivojlanishiga taʼsir qilgan.