Elyor Nosirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Elyor Rasulovich Nosirov (1953.22.9, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (2003). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1974). 1974— 87 yillar Hamza teatrida, 1987 yildan Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida aktyor. Shufterle (Shiller, "Qaroqchilar") sahnadagi ilk obrazi. Nodir (E. Vohidov, "Oltin devor"), Ilhom (U. Umarbekov, "Shoshma quyosh"), Rahmatilla (Uygʻun, "Ibn Sino"), Iskandar (Navoiy, "Iskandar"), Otello (U. Shekspir, "Otello"), Qoriishkamba (S. Ayniy, "Buxoro"), Mehmonxoʻjayev (R. Bobojon, "Togʻa-jiyanlar") va boshqa rollarni ijro etgan. N. televizion va videofilmlar, telepostanovkalarda ham rollar ijro etgan ("Qirolning dil xushi", "Vafodor", "Bahs", "Bir fojia izidan", "U Romeo emas", "Soʻnggi oʻq", "Xolisxon", "Koʻngil koʻchalari", "Neyron operatsiyasi", "Qirq togʻoraning qirq nogʻorasi" va boshqalar). N. dublyaj sanʼatining yetakchy aktyorlaridan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil