Elmurat Tasmuradov
Elmurat Zulypkarovich Tasmuradov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Tavallud paytidagi ismi | qozoqcha: Елмұрат Зұлыпқарұлы Тасмұратов |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
12-dekabr 1991-yil Boʻstonliq tumani,Toshkent viloyati Oʻzbekiston |
Faoliyat yillari | 2004 — 2021 |
Boʻyi | 166 sm |
Vazni | 63 kg |
Sport | |
Qaysi sport | kurash |
Klubi | Dinamo Tashkent |
Murabbiy(lar)i | Olimjon Qurbanov, Qudratov Rustam |
Medallar | |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Olimpia oʻyinlari | ||
Bronza | Rio-de-Janeyro 2016 | 59 kg gacha |
Jahon chempionati | ||
Bronza | Budapesht 2013 | 60 kg gacha |
Bronza | Toshkent 2014 | 59 kg gacha |
Kumush | Budapesht 2018 | 63 kg gacha |
Osiyo chempionati | ||
Kumush | Kumi 2012 | 55 kg gacha |
Oltin | Deli 2013 | 60 kg gacha |
Oltin | Astana 2014 | 59 kg gacha |
Oltin | Doxa 2015 | 59 kg gacha |
Oltin | Bishkek 2018 | 63 kg gacha |
Kumush | Sian 2019 | 63 kg gacha |
Oltin | Nyu-Deli 20120 | 63 kg gacha |
Elmurat Zulypkarovich Tasmuradov[1](1991-yil 12-dekabrda tugʻilgan) — kelib chiqishi qozoq boʻlgan oʻzbek yunon-rum kurashchisi. Besh karra Osiyo chempioni, uch karra jahon chempioni va 2016-yili Rio-de-Janeyroda oʻtkazilgan Olimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Elmurat Tasmuradov 1991-yilda 12-dekabrda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumani, Qiziltu qishlogʻida tugʻilgan. Boʻlajak sportchini 2004-yil ota-onasi tarixiy vatani Qozogʻistonga yuborishadi va u yerda Bekzat Sattarxonov nomidagi maktab-internatida 4 yil ta’lim oladi. Shundan keyin Qozogʻiston terma jamoasining nomzodlaridan biriga aylandi. Ammo u 2008-yili Daulet Turlixonov nomidagi turnir bahsida magʻlub boʻlgach, bu imkoniyatni qoʻldan boy beradi. Elmurat Tasmuradov 2012-yilda Osiyo chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi va Londondagi Olimpiada oʻyinlarida esa 16-oʻrinni egalladi. U 2013-yilda Osiyo chempioni boʻlib, jahon chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritadi, kurashchi 2014-yilda ushbu natijani qayd etib, Yarim finalgacha borib, finalga chiqa olmadi. Biroq 3-oʻrin uchun kurashda qoʻli baland keldi va 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarining bronza medali sovrindori boʻldi.
2018-yilda Elmurat yunon-rim kurashi boʻyicha toʻrtinchi bor Osiyo chempioni unvonini qoʻlga kiritdi[2]. 2019-yilda u Osiyo chempionatining kumush medali sohibiga aylandi. 2020-yilning fevral oyida kurashchi Nyu-Dehlida Osiyo chempioni boʻldi. 2021-yil Tasmuradov dekabr oyida u sport faoliyatini nihoyalanganligini e’lon qildi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ В некоторых источниках его фамилия передаётся по-русски как Ташмурадов
- ↑ „Борьба: Эльмурат Тасмурадов — четырехкратный чемпион Азии“. Газета.uz (2018-yil 3-mart). Qaraldi: 2018-yil 3-mart.
- ↑ Эльмурат Тасмурадов завершил спортивную карьеру в рамках ЧУ