Ellyay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ellyay, Ellyay-Bootur, Et uos Eldey (Goʻshtdor labli Eldey) — Janubdan Shim.ga, Lena daryosining oʻrta oqimi boʻylariga koʻchib kelgan saxalar (yakutlar)ning afsonaviy bobokalonlaridan biri. Bir qator insonga xos barcha yaxshi xislatlar mujassamlashgan. U birinchi rassomusta, qimiz tayyorlaydi, sopol idishlar yasovchi kulol, uning sharafiga birinchi qimiz bayrami — isiax oʻtkazilgan. E.ning ziddi Omrgoyu boʻlib, u sodda xoʻjalik yuritgan va patriarxal qoloqlikning timsolidir. E. haqidagi rivoyatlar saxalar jan. dan kelganliklari haqidagi tasavvurlarni aks ettiradi. Ogʻzaki anʼana saxalarning aksariyat uluslari vujudga kelishini E. bilan bogʻlaydilar.